Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 23.06.2014 23:03   #28  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow ABDULLOH NORINJONIY

Bugungi kunda odamzotning ilmiy-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor buyuk bobolarimiz timsolida o’zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi.
Abdulloh Norinjoniy melodiy 1312-yilda tavallud topgan. Shuni alohida takidlab o’tish joizki, u zot janob Payg’ambarimiz Rasullulloh sallallahu alayhi vasallamning kizlari Fotima raziyallohu anho avlodidan ekanliklari ko’p manbalarda o’z isbotini topgan. Abdulloh Norinjoniy Arabiston yarim orolidan Movarounnahrning Xorazm vohasiga kelib, o’lkada islom dinini keng yoyilishiga beqiyos hissa qo’shgan. Uning asl ismi Abdulloh bo’lib, Norin nisbasi u tug’ilgan manzil bilan bog’liq bo’lgani bois “Norinjoniy” taxallusi berilgan.
Xalq orasida Norinjon qalasi degan qala bo’lganligi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Norin qalasida XI-XII asrlargacha hayot davom etgan. Keyinchalik erlik aholi suv tanqisligidan aziyat chekib daryo (Amudaryo) ga yaqin joy yani, Xorazm viloyatining hozirgi Honqa tumani atroflariga ko’chib o’tishgan. XIII asrga kelib esa baland devor bilan o’ralgan Norin qalasi atrofi deyarli xarobaga aylangan.
Abdulloh Norinjoniy maqbarasi va hozirgi kun. Mamlakatimizda allomaning moddiy va manaviy merosini o’rganishga hamda tiklashga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. Abdulloh Norinjoniy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi.
Abdulloh Norinjoniy hazratlarining maqbarasi dastlab XI asrda bunyod etilgan. Keyinchalik Xiva xoni Allohqulixon tarafidan maqbara buzilib qayta qurilgan. Sobiq ittifoq davrida ayniqsa 1980-1985-yillarda qum bosib, mutlaqo ko’rimsiz ahvolga kelgan. Ziyoratgohga kelganlar esa yashirin tarzda maqbara tepasidagi tuynukdan qarab alloma qabrini ziyorat qilishgan. Mamlakatimiz istiqlolining dastlabki yillaridan boshlab maqbara (1989-1992) qum barxanlaridan tozalanib oldingi ko’rinishi saqlangan holda qayta tiklandi.
Ulug’ allomaning bosib o’tgan hayot tarzi va manaviy ozuqasi (talimoti) bugungi kunda ham g’oyatda dolzarb bo’lib, inson aql – zakovati va tafakkuri, ruhiy dunyosi uchun nihoyatda foydalidir. Alloma faoliyatida muborak islom dinimizning hayotbaxsh mazmun – mohiyatini to’g’ri talqin qilish, turli bidat va xurofotlardan yiroqda bo’lish kabi yuksak fazilatlar alohida o’rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan ham uning manaviy sabog’i bugungi kunda ham katta amaliy ahamiyatga egadir.
Abdulloh Norinjoniy hijriy 712-yilda vafot etgan. Rivoyatlarda o’zining vasiyatiga ko’ra uni “Norin” qalasining g’arb devori ostiga dafn qilingan.
.....Shayx dedi:--Ey xudoning raxmati,
Qaysi erdan ul valiyning maskani
Aydi ul: Xazrati ayo shayxi zamon,
Ul valiyning ravzasi bil begumon
Baxri ayvon orkasida shahri bor.
Ravzasi rizvonidan ortiq mehri bor,
Shahri norinjon demishlar odini.
Onda erdi ul valiyning marxadi,
Qabrlari uldir oliy baxrning....
“Shayx Muxtor valiy”
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Реклама и уведомления
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх