|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi? | |||
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. | 9 | 8.26% | |
Ba'zan-ba'zan borib turaman. | 64 | 58.72% | |
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. | 21 | 19.27% | |
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. | 15 | 13.76% | |
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
12.06.2008 00:14 | #31 | ||
Assalamu alaykum!
Yaqinda Nigora opa bilan "Talvasa" deb nomlangan spektaklga tushdik. Ish-o`qish, hayot tahsvishlari deymizu, lekin ba`zan teatrga tushib , ma`naviy hordiq chiqarganimizda bir zumga bo`lsada tashvishlarimizni unutamiz. Ba`zan esa teatrda ko`rgan lavhalarimiz ko`z o`ngimizda gavdalanib, bizga o`z hayotimizni eslatadi, ya`ni qilgan hatolarimizni, kimningdur qalbiga bergan ozorimizni yodga soladi.... Samimiyat ila Qizaloq |
|||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
13.06.2008 11:24 | #32 |
|
Hurmatli Qizaloq!
Qoldirgan rasmlaringiz uchun rahmat. Darhaqiqat, "Talvasa" insonni o'ylantiradigan spektakl ekan, biroq aktyorlarning ijrosi odamni unchalik hayajonga ola olmadi. Sababi, biz ko'rgan ijrodagi Domla va Roza Hasanovna talqini Erkin Komilov va Muqaddas Holiqovalarning talqinida tabiiy va hayotiyroq sezilgan. Bunda esa qandaydir yasamalik bor. Spektaklni ko'rib olgan taassurotim esa insonda sabru qanoat bo'lmas ekan, u havoyi nafs talvasasiga tushib qoladi. Nafsiga qul bo'lgan insonning esa qalb ko'zi ko'r bo'ladi, atrofdagilarning his-tuyg'ulari bilan hisoblashmaydi, faqat o'zim-o'zim bilan ovora bo'ladi. Super egoizm vujudga keladi. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
25.06.2008 10:44 | #33 |
|
Kuni kech O'zbek Milliy akademik drama teatrida Dilbar va Tilab Mahmudovlarning "Gul-Badan savdosi" spektaklining taqdimoti bo'lib o'tdi. Asarni sahnalshtiruvchi rejissyorlar Tojivoy Isroilov va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Saidkomil Umarov.
Asarda bugungi kunda global muammo hisoblangan odam savdosi haqida fikr boradi. Ma'lumki millatimizning guldek nozik, bokira xotin-qizlari turli xil aldov yo'llari bilan xorijga olib ketilmoqda va sotib yuborilmoqda. Bu avvalambor yuksak or-nomusga ega bo'lgan o'zbek millati uchun achinarli holdir. Spektakl fojea janridadir. Chunki unda millat fojeasi ko'rsatib berilgan. Aktyorlarning mahoratli ijrolari, puxta ishlangan senariy, sahnadahi animatsion, audio-vizual vositalar? dekoratsiya asarning muvafaqqiyatli chiqishini ta'minlagan. Asarning kulminatsion nuqtasidagi "Nionsiz hayot bo'lmaganidek, nomussiz hayot ham yo'q ekan", "Yurtimning bir hovuch tuprog'ini xorijning zeru-zarlariga alishmayman" so'zlar kishining xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi... Bundan tashqari asarning so'nggida hur qizlarning "Yor-yor" aytib juvonmarg bo'lgan qizni borsa-kelmas yurtga olib ketish jarayoni ta'sirli chiqqan... Sud jarayoni Sodda qizlarning aldanishi O'z yurtiga sig'magan sodda qizim yor-yor, Onasining o'rniga go'rga kirgan yor-yor..... Hur qizlarga qo'shilgan guldek qizim yor-yor.. |
|
Ответить |
"+" от:
|
25.06.2008 17:58 | #34 |
|
Gul-badan fojeasi haqida quyidagi veb manzildan bilib olishingiz mumkin.
http://madaniyat.zn.uz/date/2008/06 Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 25.06.2008 в 18:01. |
|
Ответить |
"+" от:
|
01.07.2008 12:50 | #35 |
|
Respublikamizda mavjud bo'lfgan teatrlar va ularning repertuarlari bilan tanishmoqchi bo'lsangiz O'zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasining veb sahifasiga tashrif buyuring.
Veb sahifada o'zbek, rus, ingliz tillaridagi ma'lumotlar jamlangan. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 01.07.2008 в 13:13. |
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
31.07.2008 18:40 | #37 |
Главный специалист Центра UZINFOCOM
Сообщений: 53
+ 9
31/23
– 0
0/0
|
Театр куришни яхши кураман. Айникса "Келинлар кузголони", "Парвона", "Олтин девор" каби спекталлар менга жуда ёкади. Афсус, театрга кам бораман. Энг охирги курган спектаклим - "Андишали келин". Ёкуб ака Ахмедовга саволим шуки, спекталларни DVD форматга кучириш буйича кандай ишлар амалга оширилмокда? Кайси спектакллар ушбу форматга кучирилган, кайсилари кучириш арафасида ва умуман Сизнинг спекталларни DVD форматга кучириб томошабинга такдим этишга фикрингиз кандай?
|
|
Ответить |
"+" от:
|
01.08.2008 19:39 | #38 | |
|
Цитата:
Мазмунли саволингиз учун рахмат. Бошка форумдошлардан хам саволлар кутиб коламиз. Чунки бугунги кунда театр хам талаб ва таклиф конунига буйсунади. Балки бизнинг истак ва эхтиёжларимиз туфайли театрларимизда маълум узгаришлар содир булар!.. |
|
|
Ответить |
06.08.2008 12:34 | #39 |
Кабинет Министров Республики Узбекистан
Ведущий специалист сектора ИКТ и ОИБ
Сообщений: 51
+ 0
38/22
– 0
0/0
|
Бир куни касбдошларим билан театр хакида сухбатлашаётгандик, уз-узидан гап классик асарларга, яъни нимага "Шох Эдип", "Отелло" ва "Тошболта ошик" каби спектакллар хозирги пайтда сахналаштирилмаётганлигига келиб такалди. Нахотки уша спектаклларда бош ролни уйнаган Шукур Бурхон, Аброр Хидоятов ва Сохиб Хужалардай инсонлар хозирги узбек театрида топилмас деган савол кутарилди. Нахотки хозирги пайтда шундай актерларни етиштириш кийин булса. Шунда аянчли жавоб янгради, ХА УНДАЙ АКТЕРЛАРни бошка топиб хам, етиштириб хам булмайди. Уларда тугма талант (кобилият) булган дейишди.
Хозирги актерларимиз ичида хам кобилиятли актерларимиз борлигига хеч кимни шубхаси йук, бирок классикани ижро этиш борасидачи? Хурмат ва эхтиром ила |
|
Ответить |
"+" от:
|
|