Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 16.12.2008 17:00   #21  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Ilk shaffof mikrosxema e?lon qilindi


Bir guruh Janubiy Koreya olimlari (Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST)) dunyoda birinchi shaffof mikrosxema ishlab chiqishganini e’lon qilishdi. Bu yangi texnologiya TRRAM (transparent resistive random access memory) deb nomlanib,* bu haqda Applied Physics Letters ilmiy-tadqiqot jurnalida to’liq yoritib o’tilgan.
Mazkur yangi texnologiyaga xotira sifatida, fleshkalarga ishlatiladigan CMOS (Complementary Metal-Oxide Semiconductor) qurilmasidan foydalanilgan. Bu yerda olimlarning kashfiyoti sifatida shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ular mikrosxema tarkibini tashkil etuvchi shaffof elektrodlar, ya’ni oksidli metallni ishlab chiqqanligi muhim ahamiyatga ega.

Mazkur shaffof texnologiyaga ehtiyoj anchadan beri mavjud bo’lib, elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tovarlarining yangi dizayn, yangi tur, xaridorgir bo’lishini ta’minlaydi, degan fikrdan xoli emaslar. Birgina Nokia kompaniyasi Nokia Morph nomli mobil telefon seriyasida shaffof texnologiyadan foydalanishligini e’lon qilgan edi.
via http://www.sciencedaily.com


Дальше...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 19.12.2008 17:30   #22  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Apple: iCom


P.S. Kelajakka Applening sovg’asi
via http://www.maclife.com


Дальше...
Ответить 
Старый 20.12.2008 21:30   #23  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
MorphThing: Chehralar uyg?unligi


Rasmda ko’rib turganingizdek, ikki insonni rasmlarini birlashtirib, uchinchi kishining chehrasi hosil qilingan. Mazkur xizmatdan MorphThing sayti orqali tekin va onlayn foydalanishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tmasdan, saytda berilgan rasmlardan foydalanishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish tekin va ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng, siz o’zingizni rasmlaringizni bemalol birlashtirib, uyg’unlashgan chehralarni ko’rishingiz mumkin.
via http://www.online-tech-tips.com


Дальше...
Ответить 
Старый 21.12.2008 21:40   #24  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Dell Inspiron Mini 12: 500$ga ?deyarli? MacBook Air?


Dell Inspiron Mini 12 modeli bir oy avval sotuvga qo’yilgan bo’lsada, allaqachon boshqa netbuklar ichida o’z o’rnini topishga ulgurdi.* Model nomidagi 12 raqami netbuk ekranining diagonali o’lchamini bildiradi. Kengaytirilgan o’lchami esa 1280×800ni tashkil qiladi. Mazkur modelni deyarli noutbuk deyish mumkin, lekin uning og’irligi, o’lchami va narxi uning netbuklar oilasiga tegishli ekanligini ko’rsatadi.
Bir necha kun avval mazkur modelning operatsion tizim turlariga Windows XP va Ubuntu OT kiritildi hamda siz ulardan birini tanlagan holda sotib olishingiz mumkin. Ubuntu OTli model boshqa OTli modeliga qaraganda 50$ arzonroq.
Mazkur netbukning xarakteristikasiga keladigan bo’lsak, u quyidagicha:
  • 12.1″, 1280×800 o’lchamli ekran;
  • 1,33 Ggts yoki 1,66 Ggts.li Intel Atom protsessori;
  • 1 Gb DDR2 (operativ xotira);
  • Obsidian Black, Alpine White, Cherry Red, Pretty Pink va turli xil rasm ko’rinishlari;
  • 40, 60 yoki 80 Gb.li (4200 RPM) qattiq disk;
  • 1,3 Mp.li videokamera;
  • Wifi 802.11g;
  • Bluetooth;
  • Intel Graphics Media Accelerator 500 videokartasi;
  • Og’irligi 1.3 kg.dan;
  • Narxi 499$dan.
Dell saytidan mazkur netbuk bilan tanishingiz mumkin. Rus tilida esa netbukning to’liq tavsiloti bilan tanishingiz mumkin. MacBook Air bilan taqqoslama tavsiloti bilan esa ingliz tilida tanishingiz mumkin.





Дальше...
Ответить 
Старый 27.12.2008 11:10   #25  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
2008 yilning eng yaxshi dizaynlari

YankoDesign sayti o’zida nashr etib boradigan texnika-texnologiyaga oid dizaynlaridan 50 tasi 2008 yil uchun eng yaxshi dizaynlari rukni ostida tanlab olindi. Men bu yerga faqatgina 5 tasini tanlab e’tiboringizga havola qilmoqchiman.
1. Bukilgan iMac


2. “Yonmaydigan, chukmaydigan” tugmasiz Klaviatura

3. Sonydan yig’iluvchan PSP2

4. Elektron Buyoqli Qog’oz (High Tech Napkins)

5. SMS va eMail yuboruvchi ruchka

via http://www.yankodesign.com


Дальше...
Ответить 
Старый 28.12.2008 23:30   #26  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
2008 yil: Eng yaxshi 10 ta ochiq kodli dasturlar


Mazkur 2008 yil oxirlab borar ekan, barcha jabha va sohada yil yakuni sarhisoblari e’lon qilinmoqda. Shu jumladan, ChannelWeb nashriyoti ham 2008 yilning eng yaxshi 10 ta ochiq kodli (Open Source) dasturlari ro’yxatini taqdim etti.
Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minot faqatgina Linux operatsion tizimi bilangina cheklanib qolmasdan, 2008 yilda u bilan* birga OpenOffice.org, IBM Lotus Symphony, Firefox va Android kabi dasturlar kech ommaga taqdim etildi. Lekin baribir Linux OT Tekin Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minoti (FOSS)ning “yuragi” bo’lib kelmoqda. Bu yilgi natijalarda Linux OTlari har yilgiga nisbatan anchayin yuqori salmoqqa ega bo’ldi.
  1. OpenOffice.org 3.0
  2. IBM Lotus Symphony
  3. FireFox 3
  4. Laconica
  5. Fedora 9
  6. Ubuntu 8.10
  7. OpenSuSE 11
  8. Novell JeOS
  9. Ubuntu 8.04
  10. Android
via http://www.crn.com


Дальше...
Ответить 
Старый 10.01.2009 14:00   #27  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Palm Pre: webOS OTli yangi smartfon


Palm kompaniyasi kuni kecha bo’lib o’tgan CES 2009 konferensiyasida* webOS operatsion tizim orqali boshqariladigan o’zining Palm Pre nomli yangi smartfonini rasman e’lon qildi.
Qurilmaning xususiyatlari:
Korpus turi: slayder
OT: webOS
Ekran: 3.1”, 320×480 o’lchamli
Klaviatura: QWERTY
Kamera: 3 Megapikselli
Aloqa vositalari: 3G EVDO rev. A, WiFi, Bluetooth, GPS
Ulash qurilmalari: micro-USB, 3.5 mm o’lchamli naushnik ulash joyi
O’lchami: 59.5х100.5х16.95 mm.
Og’irligi: 136 gr.
Alohida jihatlari: simsiz zaryadlash uskunasi, multi touch ekranli, 8 Gb ichki xotira.

Yangi smartfonning yangiliklaridan biri sifatida uning simsiz zaryad qilish uchun maxsus qurilmacha ishlab chiqarilganidir. Mazkur qurilmani kerakli vaqtda smartfonga o’rnatib, ishlatib ketaverasiz.

Yangi smartfon haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, Palm kompaniyasining saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.



Дальше...
Ответить 
Старый 10.01.2009 14:00   #28  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Windows 7: beta versiyasi rasman e?lon qilindi


Kuni kecha bo’lib o’tgan CES 2009 konferensiyasida Stiv Ballmer Windows 7 operatsion tizimining beta versiyasini rasmiy ravishda e’lon qildi.* Endi barcha xohlovchilar uchun yuklab olish imkoniyati shu haftaning oxirida bo’lishligi aytilgan. MSDN va TechNet nashriyotiga obuna bo’lganlar esa hozirning o’zidayoq yuklab olish imkoniyati bor. Windows 7 OTni o’rnatish buyicha yaxshigina qo’llanma mazkur manzilda berilgan.
Windows 7 OTining barcha imkoniyatlari haqida batafsil rus tilidagi Windows injenerlar guruhining blogi orqali tanishishingiz mumkin. Microsoft kompaniyasi o’tkazib turadigan PDC konferensiyasining saytida Windows 7 OTi ostida dasturlar yaratish kabi masalalar buyicha ko’plab ma’ruzalar majmuidan foydalanishingiz mumkin. MSDN to’plamida maxsus dasturchilar uchun Windows 7 for Developers nomli batafsil ma’lumotlar keltirilgan.



Дальше...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.01.2009 14:00   #29  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Netbuk: Sony Vaio VGN-P-500


Hozirgacha netbuk ishlab chiqarmagan kompaniyalarni qo’lda sanash mumkin. Shulardan biri Sony kompaniyasi edi. Sony o’z mijozlariga avval va’da qilganidek, o’zining netbukini CES 09 konferensiyasida taqdimot marosimini o’tqazdi.
Mazkur netbukning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • 8 dyumli 1600×768 o’lchamli monitor;
  • 1.33GHz Z530 Intel Atom Z520;
  • 2GB RAM;
  • 60GB, 64GB va 128GB SSD tanlovlari;
  • 802.11n Wi-Fi, GPS va Bluetooth;
  • 2 ta USB portlari va headphone;
  • Ethernet va qo’shimcha USB;
  • SD, MS, web-kamera;
  • 4 soatlik standart batareyka;
  • 9.6 x 4.7 x 0.78 inch o’lchamli ( 243 x 120 x 20mm );
  • 635 gr. og’irlik;
  • Narxi $899 dan boshlab.




Qolgan rasmlar mazkur manzilda - link
Endi siz mazkur manzil orqali netbukni sotib ham olishingiz mumkin.
P.S. Netbukning Sony kompaniyasining saytidagi manzili



Дальше...
Ответить 
Старый 11.01.2009 14:30   #30  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Sony Cybershot G3: ilk brauzerli fotokamera


CES 2009 konferensiyasida Sony kompaniyasi o’zining Cybershot G3 rusumidagi 10 megapikselli fotokamerasini taqdim etti. Mazkur fotokamera 3,5 dyumli ekranga ega bo’lib, ekran touchscreenli, ya’ni ekranning o’ziga barmog’ingiz bilan tegizib ishlatasiz. Fotokamera WiFi qurilmasi orqali internetga ulanadi va Picasa, Photobucket, YouTube va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Xotirasining hajmi 4 Gbni tashkil qilib, siz bemalol fotokamerani ham rasmga olish uchun, ham video va roliklarni suratga olish uchun, ham internet orqali ishlash uchun ishlatishingiz mumkin.


Lekin mazkur fotokameraning brauzeri to’la qonli mukammal deb bo’lmaydi. Umid qilamizki, hali yana Sony buning ustida ishlar olib boradi.


via Gizdomo


Дальше...
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх