Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 23.06.2014 23:03   #71  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow ABDULLOH NORINJONIY

Bugungi kunda odamzotning ilmiy-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor buyuk bobolarimiz timsolida o’zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi.
Abdulloh Norinjoniy melodiy 1312-yilda tavallud topgan. Shuni alohida takidlab o’tish joizki, u zot janob Payg’ambarimiz Rasullulloh sallallahu alayhi vasallamning kizlari Fotima raziyallohu anho avlodidan ekanliklari ko’p manbalarda o’z isbotini topgan. Abdulloh Norinjoniy Arabiston yarim orolidan Movarounnahrning Xorazm vohasiga kelib, o’lkada islom dinini keng yoyilishiga beqiyos hissa qo’shgan. Uning asl ismi Abdulloh bo’lib, Norin nisbasi u tug’ilgan manzil bilan bog’liq bo’lgani bois “Norinjoniy” taxallusi berilgan.
Xalq orasida Norinjon qalasi degan qala bo’lganligi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Norin qalasida XI-XII asrlargacha hayot davom etgan. Keyinchalik erlik aholi suv tanqisligidan aziyat chekib daryo (Amudaryo) ga yaqin joy yani, Xorazm viloyatining hozirgi Honqa tumani atroflariga ko’chib o’tishgan. XIII asrga kelib esa baland devor bilan o’ralgan Norin qalasi atrofi deyarli xarobaga aylangan.
Abdulloh Norinjoniy maqbarasi va hozirgi kun. Mamlakatimizda allomaning moddiy va manaviy merosini o’rganishga hamda tiklashga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. Abdulloh Norinjoniy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi.
Abdulloh Norinjoniy hazratlarining maqbarasi dastlab XI asrda bunyod etilgan. Keyinchalik Xiva xoni Allohqulixon tarafidan maqbara buzilib qayta qurilgan. Sobiq ittifoq davrida ayniqsa 1980-1985-yillarda qum bosib, mutlaqo ko’rimsiz ahvolga kelgan. Ziyoratgohga kelganlar esa yashirin tarzda maqbara tepasidagi tuynukdan qarab alloma qabrini ziyorat qilishgan. Mamlakatimiz istiqlolining dastlabki yillaridan boshlab maqbara (1989-1992) qum barxanlaridan tozalanib oldingi ko’rinishi saqlangan holda qayta tiklandi.
Ulug’ allomaning bosib o’tgan hayot tarzi va manaviy ozuqasi (talimoti) bugungi kunda ham g’oyatda dolzarb bo’lib, inson aql – zakovati va tafakkuri, ruhiy dunyosi uchun nihoyatda foydalidir. Alloma faoliyatida muborak islom dinimizning hayotbaxsh mazmun – mohiyatini to’g’ri talqin qilish, turli bidat va xurofotlardan yiroqda bo’lish kabi yuksak fazilatlar alohida o’rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan ham uning manaviy sabog’i bugungi kunda ham katta amaliy ahamiyatga egadir.
Abdulloh Norinjoniy hijriy 712-yilda vafot etgan. Rivoyatlarda o’zining vasiyatiga ko’ra uni “Norin” qalasining g’arb devori ostiga dafn qilingan.
.....Shayx dedi:--Ey xudoning raxmati,
Qaysi erdan ul valiyning maskani
Aydi ul: Xazrati ayo shayxi zamon,
Ul valiyning ravzasi bil begumon
Baxri ayvon orkasida shahri bor.
Ravzasi rizvonidan ortiq mehri bor,
Shahri norinjon demishlar odini.
Onda erdi ul valiyning marxadi,
Qabrlari uldir oliy baxrning....
“Shayx Muxtor valiy”
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 24.06.2014 09:10   #72  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Haqiqatdan ham sobiq sho’ro tuzumigacha xalqimiz faqatgina bir foiz savodli bo’lganmi?

O’z kindik qoni to’kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g’urur va iftixori yuksak bo’ladi.
I. Karimov
Agarki mana shu muqaddas zaminimizda tavallud topib, voyaga etgan, o’z hayoti va faoliyati bilan nafaqat tarixda, ayni vaqtda bashariyatning bugungi taraqqiyot sahifalarida ham o’chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir va allomalarimiz, aziz-avliyolarimizni tariflashda davom etadigan bo’lsak, o’ylaymanki, bu borada uzoq gapirish mumkin [1](44).
Ko’p ham uzoqqa ketmasdan shu 150 yillik tariximizga nazar solsak. 1873 yilgi malumotlarga ko’ra, faqatgina Amudaryoning o’ng tarafining o’zida 600dan ortiq madrasa va masjidlar bo’lganligi, bu o’sha paytdagi aholidan har 216 kishiga bittadan to’g’ri keladi [8]. Bu borada yurboshimiz quyidagicha fikrni beradi: Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham marifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig’indisi emas. Ana shu marifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar [3](16).
Ollohga shukurki, hozirgi kunda bu masjidlar faqat devor bo’lmaganligini, xalqimiz turmushidagi ahamiyatini va tariximiz haqidagi haqiqatni bemalol g’ururlanib aytishimiz mumkin. Misol tariqasida Qorakolpog’iston respublikasi Xo’jayli tumani Keneges qishloq fuqarolik yig’ini hududida joylashgan “Muhammad murod eshon” masjidi tarixi haqida so’z yuritsak.
Bu masjid asosan Boboniyoz oxund Abdurahmon o’g’li davrida judayam obod bo’lgan va Xiva xonligida malum va mashhur madrasa-qorixona bo’lgan. Bunga dalil sifatida Boboniyoz oxundga Xiva xoni Said Muhammad Rahim Bahodirxon tarafidan tuxfa qilingan 100 tanob er haqidagi yorliqni keltirish mumkin . Hijriy 1294 mohi Muxarramning 16-sanasida yozilgan bu yorliq judayam katta ilmiy ahamiyatga ega. Bu davrda xonlikda davlat tili o’zbek tili bo’lganligi va hamma rasmiy xujjatlar o’zbek tilida arab harflarida yuritilganligini xisobga olsak bu turkiy tillarni o’rganishda judayam muhim daliliy xujjatdir. Yorliqnoma ko’lami 22x33sm, nastalik uslubida yozilgan, qog’ozi sariq rangli bo’lib, ko’p saqlanishi natijasida pastki qismlari shikastlangan. Bunday xujjatlardan asl xolida bir nechtasi saqlangan (24).
Yana bir xujjatda Hijriy 1299 yili Boboniyoz oxund marxum deya tilga olingan. Etti farzandidan to’rttasining xayoti shu masjid bilan bog’liq.
Muhammad Murod eshon, hijriy 1307 va 1335 yilgi xujjatlarda ismlari “Muxammadjon maxzum ibn Boboniyoz oxund marxumi” deb keltiriladi. Keyinchalik madrasa shu kishining nomlari bilan yuritilgan. Katta o’g’illari Jumamurod oxund esa 14 yilgacha otasidan ilm olib keyinchalik xonlikning Olloxqulixon madrasasida talim olib, keyinchalik o’zi o’qigan madrasada ustozlik qilgan. Bu haqida marhum Abduholiq kori esdaliklaridan: “men ham Xivada Ollohqulixon madrasasida o’qidim, Jumamurod akamiz xam ustozlar qatorida mudarrislik qilar edi. Uning xon sovg’a qilgan marhaba ismli hujralari bor edi. Ustozlar orasida obro’li odamlardan biri edi”. Shu o’rinda, insonga xos orzu-intilishlarni ro’yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va manaviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o’ylaymanki, o’rinli bo’ladi [1](67).
Boboniyoz oxundning kenja o’g’illari Yunus qori esa Ko’hna-Urganchda Zoyir (Zohir)qoridan ilm o’rganib, keyinchalik Xivada Polvoniyoz qoridan Kalomullohni bir necha usulda o’qish qoidalarini, arab-fors tilini va bir necha Quron tafsirlarini o’qib o’rganadi.


__________________
Nur bor joyda soya bor.

Последний раз редактировалось Fayzbek; 24.06.2014 в 09:24.
Ответить 
Старый 24.06.2014 09:12   #73  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Haqiqatdan ham sobiq sho’ro tuzumigacha xalqimiz faqatgina bir foiz savodli bo’lganmi?

Talimni tarbiyadan, tarbiyani esa talimdan ajratib bo’lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi [1](62), deganlaridek, ilm va yuqori darajadagi ahloqqa ega bo’lgan Yunus qori xonlikda bo’lib o’tgan qorilar musobaqasida(taxminan 1897-yil) qatnashib, sovrinli o’rinni egallaganlar. Hafs qiroatidan tashqari yana bir necha qiroatda o’qib berganidan keyin tasirlangan Xon Said Muhammad Rahim Bahodirxon(Feruz) o’rinlaridan turib o’zining to’nini Yunus qoriga kiydirgan va ot olib kelishlariga amr qilgan. Keltirilgan otga qarab; “o’zimning otimni keltiringlar deya amr qilganlar”. Yunus qorini xon o’z otiga mindirib, otni yuganidan ushlab shu so’zlarni aytadi: “men sen bilan qancha safarlarga chiqdim, seni qamchiladim, men seni yaxshi insonga beryapman, mendan rozi bo’l” deb oti bilan xayrlashgan. –deya tariflagan shogirdlari Nuriddin qori.
Yunus qori Xivadan o’z eli kenegasga qaytar ekan, akalari Muhammad Murod, Xo’jamurod, Yusuf mahzumlarga bir guruh ulamolar xushxabar etkazib, qorini Eshonqala (Xalqabod shahri yaqinidagi qadamjolardan biri)ga mudarrislikka taklif etadilar. Akalari rozi bo’ladilar va yolg’iz ketmasin deb, Yusuf mahzum domlani ham qo’shib yuboradi. Yusuf mahzum va asosan Yunus qori ilm o’rganuvchilarga ustozlik eta boshlaydi. Yusuf mahzum Eshonqalada vafot etadi va Eshon qala qabristoniga dafn qilinadi.
Endi yana Yunus qori domlaning faoliyati haqida so’z yuritsak. Bu kishi o’ta talabchan va qattiq qo’l inson bo’lganlar. Shuning uchun ham yuzdan ziyod murattab qorilarning ustozi.
Endi ozgina dolzarb mavzulardan biri bo’lgan, millatlar va elatlar haqidagi o’zaro totuvlik haqida so’z yuritsak. Eshon qalaga Imom eshon avlodlari boshchilik qilar ekan, Qoraqalpoq millatiga mansub bu kishilar O’zbek millatiga mansub bo’lgan Yunus qorini nihoyatda qadrlaganlar va Yunus qori va boshqa bir necha ustozlar qo’li ostida, bir necha millat vakil.laridan qori-yu ulamolar chiqqan. Quyida ulardan bazilarini keltirib o’tamiz:
1 Abdulkarim qori (1897-1960). Bu kishi o’n uch yoshida murattab qori bo’lgan va o’n olti yoshidan boshlab ustozlik qilib kelgan. Bu kishidan ham ko’p qorilar chiqqan.
2. Haqnafas qori.
3. Xaytan qori Najim o’g’li.
4. Shukrulloh qori.
5. Inoyat qori.
6. Rafiq qori.
7. Yaqub qori.
8. Shamsiddin qori.
9. Abeke qori.
10. Abu qori.
11. Karim qori.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 24.06.2014 09:14   #74  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Haqiqatdan ham sobiq sho’ro tuzumigacha xalqimiz faqatgina bir foiz savodli bo’lganmi?

1913-yili Yunus qorining katta akasi Muhammad Murod domla vafotidan keyin Yunus qori o’z o’rniga shogirdi Abdulkarim qorini qoldiradi va o’zi Xo’jayli tumani Kenegasda otalari Boboniyoz Ohund madrasasida mudarrislikni davom ettiradi va bu erda ham ko’plab murattab qorilarni chiqaradi. Quyida ulardan bazilarini keltirib o’tamiz:
1. Ibrohim qori.
2. Nuraddin qori.
3. Abdulqodir qori.
4. Abdulqahhor qori.
5. Habib qori.
6. Safar qori.
7. Abdurahim qori.
8. Tangirbergan qori.
9. To’xtaxon qori.
10. Yaqub qori.
11. Ibrohim qori.
12. Saliy qori.
13. Sadaddin qori.
14. Ag’amad qori.
15. Nazar qori.
16. Esanmurod qori.
17. Rustam qori.
18. O’pa qori.
19. Jangabay qori.
20. Ramazon qori.
21. Ernazar qori.
22. Ahmad qori.
23. Rahim qori.
24. Haytmurod qori.
25. Safarniyoz qori.
26. Annamurod qori.
27. Abdulloh qori.
28. Nurjon qori.
Madrasada faqat diniy emas, balki dunyoviy fanlardan ham dars berilgan. Bulardan qissaxonlik, adabiyot, tarix fanlari va xalq og’zaki ijodi og’izma og’iz shu kungacha etqazilganligini misol qilishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda bu maskan manaviy-marifiy jihatdan ham etakchilik qilib kelgan. Bu borada qariyb 70 yil davom etgan Sobiq tuzim davriining keltirgan kulfatlari va qilgan qarshiliklariga qaramasdan saqlanib qolgan madrasa hujjatlar, arab harfida turkiy yozuvda bitilgan eski adabiy kitoblar va O’rta Osiyo millatlari madaniyatidan so’zlovchi dostonlarni yaqqol dalil sifatida ko’rsatishimiz mumkin.
1991-yili O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgani va qolaversa 2007-yili Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb elon qilingani tariximizdan o’chib borayotgan buyuk allomalarimiz, ularning umri davomida qoldirgan madaniy va marifiy, ilmiy merosining qayta yodga olinishi va qayta tiklanishiga sabab bo’lmoqda.
Shu borada ulug’ ajdodlarimizning bebaho madaniy va marifiy merosini, muqaddas qadriyatlarimizni tiklash va hayotga qaytarish bilan birga, hayotimizni zamonning eng ilg’or yutuq va mezonlari bilan boyitish, komil inson, barkamol avlodni voyaga etkazish, talim-tarbiya ishini mutlaqo yangi negizda tashkil etish, muqaddas dinimizga hurmat-ehtirom - faoliyatimizning mano-mazmunini belgilab kelmoqda.
Bularning barchasi, avvalambor, «Yosh avlodga etibor - kelajakka etibor» degan, o’z oldimizga qo’ygan shior-maqsadlarimizning biz uchun kuch-quvvat va ruhiy boylik manbai bo’lib, ertangi kunimizning ishonchli poydevori va kafolatiga aylanishi muqarrar [2].
Hozirgi kunda “Muhammad Murod Eshon” masjidiga tarixga oid bu manbalarni chet davlatdan tarixchi, tilshunos olimlar va qiziquvchilar kelib o’rganayotganligi shuni ko’rsatadiki, bu nafaqat O’zbekiston, balki umumjahon tsivilizatsiyasida o’z o’rniga egaligi bilan muhim hisoblanadi.
Biz iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining manaviy poklanish, manaviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning etibor markaziga qo’yib kelmoqdamiz [1](69). –deydi hurmatli yurtboshimiz.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 24.06.2014 09:21   #75  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Haqiqatdan ham sobiq sho’ro tuzumigacha xalqimiz faqatgina bir foiz savodli bo’lganmi?

Bugungi kunda qayta tiklanayotgan “Qaffol Shoshiy”, “Imom Moturidiy”, “Baxouddin Naqshband”, “Imom Buxoriy”lar singari, ko’pgina qadamjolar obod qilinmoqda. Shular qatorida biz so’z yuritayotgan “Boboniyoz ohund” madrasasinig o’rnida ham yangi masjid barpo etildi va unga “Muhammad Murod Eshon” nomi berildi.. Bu masjid barpo qilinishida Ibrohim Jumamuratovning ulishi katta desak mubolag’a bo’lmaydi. Yunus qorining shogirdi Nuraddin qorining o’g’li bo’lgan Ibrohim Jumamuratov “Muhammad Murod Eshon” jome masjidining imomi. Bu kishi 2001-yili diyorimizda o’tkazilgan “Imomlar” ko’rik tanlovida qatnashib, bepul haj mukofoti bilan taqdirlandi.
1992-yili Nukus shahrida “Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy” o’rta maxsus islom bilim yurti ochilganligi mustaqilligimizning yana bir tuxfasi desak adashmagan bo’lamiz. Bugungi kunda juda ko’p faxrli insonlar ushbu bilim yurtini tugatib, xalqimizga, xalqimizning diniy tasavvurlarini boyitishga, manaviyatini yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda. Shular qatorida Boboniyoz ohundning duvarasi Yaqub qorini alohida takidlash mumkin. U 2005-yili yurtimizda o’tkazilgan madrasalar aro “Yagona olimpiyada”da qatnashib, faxrli 2-o’rinni egallaydi. O’qishni 2005- yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi. Hozirgi kunda “Muhammad Murod Eshod” jome masjidida imom vazifasida faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillar davomida muqaddas qadamjolar tarixini o’rganib kelayotgan O’zbekiston fanlari akademiyasi qoraqolpog’iston bo’limi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti katta ilmiy xodimi G’ayratdin Xojaniyazov jome masjid xududidagi quduq hamda madrasa qoldiqlarini o’rganib, 2007-yil 10-noyabr kuni mustaqilligimiz sharofati va qolaversa Toshkent shahrining Islom poytaxti deb elon qilinishi munosabati bilan Boboniyoz oxund o’g’li Muhammad Murod eshon qabri ustiga maqbara tiklandi va uning tavalludining 170 yilligiga bag’ishlangan konferentsiyada tadqiqot natijalari haqida maruza qildi. Bu avlodning yana bir vakili Nuraddinov Yo’ldoshboy qori Ibrohim o’g’li 2011-yili 15 martida Toshkent shahridagi “Firdavs” jome masjidida bo’lib o’tgan ananaviy qorilar ko’rik-tanlovida 2- o’rinni 2012-yil 1- o’rinni olganligini va 2013 yil Quvayt davlatida bo’lib o’tgan jahon qorilar musobaqasida 107 qatnashuvchi orasida fahrli 7 o’rinni olishini misol qilib keltirishimiz mumkin [9].
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz aytganlaridek: Tariximiz sahifalari shundan dalolat beradiki, yurtimiz rivoji hamma zamonlarda ham bir tekis kechmagan [1](50). Bu ayni haqiqatdir. Sovet tuzumi davrigacha butun O’zbekistonda shu bilan birga Qoraqolpog’iston Respublikasida xat savod bo’lmagan, va ilm fan yo’qligini, xalq savodlilik darajasi faqat 0,01% bo’lgan deya bong urishib, bir necha yillar bizni yo’qlik sari etaklaganliklari sir emas.
Qariyb 150 yil davom etgan, tariximizning tom manodagi qora kunlari bo’lmish o’sha zamonda bir paytlar o’zining qudratli davlatchiligi, buyuk farzandlari, yuksak ilmu madaniyati, obod shahar va qishloqlari bilan dunyoni hayratda qoldirgan el-yurtimiz qanday og’ir mashaqqatlarga duchor bo’lganini yaxshi bilamiz [1](25). Lekin, dono xalqning say-harakatlari, madaniy-marifiy, ilmiy-manaviy merosi hech qachon xor bo’lmasligi haqida shunday deyilgan: Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Ilm mol-dunyodan yaxshidir. Ilm seni saqlaydi. Mol- dunyoni esa sen saqlaysan. Ilm hukm qiluvchidir, molning ustidan esa hukm qilinadi. Mol yig’uvchilar o’tib ketdilar. Ilm to’plaguvchilar esa boqiy qoladilar. O’zlari oramizda yo’q bo’lsalar-da, shaxslari qalblarda mavjuddir». (Adabu-dunyo vad-din) [7]. Xalqimiz azaliy matonati tufayli tariximizning manaviy va o’ta yuksak cho’qqilarini egallab, asrab, shu kungacha qoldirgan bo’lsa, bugungi kunda ularning avlodlari ilm-fanning matonati va manaviyati ajdodlrimiz merosini shu kungacha saqlab kelib kelajak avlodga etqazib kelganligining o’zi jasoratdir. Bundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, bir paytlar Qoraqalpog’iston xududidagi “Boboniyoz ohund” madrasasi faoliyati va uning keyingi tarixini yanayam chuqurroq o’rganilsa hali ochilmagan qirralari ko’p deb o’ylayman. Boboniyoz ohund va uning to’rtta o’g’li tarixda buyuk va chuqur iz qoldirgani, Xiva xonligi tarafidan berilgan 100 tanob Vaqf, keyinchalik berilgan 20 tanob va Avazbeka Xo’janiyoz qizi tarafidan berilgan 3,5 tanob Vaqf erlari shu davr ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutgan. Oradan 150 yil o’tib hozirgi kunda ularning avlodlari ilm-fanning rivoji, yurt tinchligi va hamjihtligi uchun xizmat qilishmoqda. Raxbarlarimiz tomonidan yurt manfaati, diniy talimni oshirish, qadimgi adabiy, manaviy merosini, azaliy boy qadriyatlarimizni asrash va muqaddas qadamjolarimizni qayta tiklash uchun olib borayotgan sai-harakatlari, shu jumladan, mana shu kichkinagina maqolamizning yozilishiga sababchi bo’layotganliklari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Foydalanilgan manbalar:
1. Karimov I.A. Yuksak manaviyat-engilmas kuch. T.: “Manaviyat”, 2010. -176 b.
2. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 14 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so’z, 2005 yil 31 avgust
3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
4. Dautov N. Baba Niyaz Axun meshiti o’aqım jeri haqqında tariyxıy derekler (XIX a’sir aqırı – XX a’sirdin’ bası). Materialı sessii uchenogo soveta, posvyashennoy itogam nauchno-issledovatelskix 1998 goda (g. Nukus, 5-6 yanvarya 1999 goda) 24-ctr.
5. Shapiev R. “Muhammad murod eshon” masjidi. “Hidoyat” jurnali (Masjidlarimiz). 4-2007 9-bet.
6. Babashev F. Jumamuratov I. Eski ilim makanı. “Erkin Qaraqalpaqstan” 14-fevral 1998-jıl №20 (16992) 5-bet.
7. Korzun A. A. Talabaning odobi http://islom.uz/content/vieo’/562/149/
8. Xojaniyazov G’. Boboniyoz oxund o’g’li Muhammad Murod eshon tavalludining 170 yilligiga bag’ishlangan konferentsiyadagi nutqi.
9. Nuriddinov J. Qorilar musobaqasi. “Hidoyat” jurnali (Ilm maskanlarida). 3-2011 12-bet.
10. Xojaniyazov G’. Jumabayev O. “Qaraqalpaqstandag’i muqaddes orinlar” Nokis-1994 16-bet.
11. Sayd Muhammad Rahim Bahodirxon. Xon yorlig’i. Xorazm. Hijriy 1294-yil. Muharram oyining 16- sanasi.
12. Avazbeka Xojaniyoz qizi. Vaqfnoma xujjati. Xo’jayli. Hijriy 1341-yil.
13. Raxmatulla xo’ja. Erning qayta o’lchanish xujjati. Xo’jayli qoziyati. Hijriy 1314-yil. Robiul avval oyining 5-sanasi.
14. Boboniyoz ohund merosining taqsimot hujjati. Xo’jayli qoziyati. Hijriy 1299-yil.
Nuraddinov Y. I.
Ilmiy rahbar Saparov F.A.


__________________
Nur bor joyda soya bor.

Последний раз редактировалось Fayzbek; 24.06.2014 в 09:23.
Ответить 
Старый 21.02.2015 17:58   #76  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Хорезми

Материал из Википедии — свободной энциклопедии
Хорезми, аль-Хорезми (араб. الخوارزمي‎‎) — нисба, указывающая на принадлежность к г. Хорезму.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 21.02.2015 18:02   #77  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Xорезмшах

Материал из Википедии — свободной энциклопедии
Кутб ад-Дин Мухаммед I — хорезмшах с 1097 по 1127 годы, сын Ануш-Тегина
Ала ад-Дин Мухаммед II (1169—1220) — шах Хорезма в 1200—1220 годах

__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 21.02.2015 18:07   #78  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Афригиды

Материал из Википедии — свободной энциклопедии
Афригиды — династия царей древнего и раннесредневекового Хорезма (305995 гг. н. э.).
Считается, что эта династия правила дольше всех династий, правивших когда-либо в Центральной Азии.
Ведёт начало от Африга, основателя новой династии в Хорезме.
Основные сведения о правителях этой династии нам дает уроженец Хорезма ученый-энциклопедист Абу Рейхан аль-Бируни (973-1048). По его данным, хорезмийцы, ведут свое летоисчисление с начала заселения их страны, “в 980 г. до Александра” (т.е. до начала селевкидской эры – 312 г. до н. э.) – с 1292 г. до н. э. В 1200 г. до н. э. была принята другая эра, связанная с временем прихода в Хорезм героя «Авесты» и древнего эпоса – Сиявуша ибн Кей-Кауса, подчинившего своей власти “царство тюрков”, и основания сыном Сиявуша, Кей-Хосровом, династии хорезмшахов. [1]
Из древнейших царей Хорезма пока известны имена правителей, выпускавших свои монеты. Это Артав, правитель I века нашей эры. Из последующих царей известен Артрамуш конец II – начало III века н.э. [2] Вазамар, вторая половина III века н.э. и другие. [3]
Предполагают, что у правителей Хорезма, в том числе и Афригидов сложился культ богини Ардвисуры-Анахиты, изображения её символов встречаются на монетах с II века до нашей эры по VIII век нашей эры.[4]
В эпоху Афригидов на монетах стали также изображать двугорбого верблюда.[4]
древнехорезмийская крепость Аяз кала


скульптура хорезмийского воина, хранится в Эрмитаже, Санкт-Петербурге


Африг - основатель династии афригидов в 305 г. н. э. основал большой замок у города Ал-Фир, разрушенного Аму-Дарьей в 997 г. н. э.


__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 22.02.2015 02:55   #79  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Оффтоп:
Файзбек, шунчаки қизиқиб қолдим, диплом иши ёки кандидатский ёзаяпсизми?
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх