Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.10.2014 10:07   #651  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
Қачон деган саволга жавоб бор, лекин қаерда? деган саволга жавоб йўқ.
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасининг 5-қаватидаги катта залида.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 01.11.2014 01:04   #652  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Мен барибир "дахоман")). Тан оласизми ёки йўқ - бу сизнинг шахсий ишингиз)). Икки ойча олдин интернетда бир хабарни ўқиб қолдим: аҳоли жон бошига қиёслаганда йил давомида кинофильмларни суратга олиш бўйича Ўзбекистон дунёда биринчи ўринда экан! Қойил!
Оффтоп:
Аввал ҳам айтганман, ҳозир ҳам айтаман: яхшими ёки ёмонми, савияси баландми ёки пастми, сценарийси зўрми ёки сустми, ижроси аъломи ёки ҳаминқадарми - барибир сувратга олавериш керак! Бозор иқтисодиёти шароитида томошабин пичоққа илинадиганини ўзи ажратиб олаверади. "Мир" телеканалида ўлдим деганда ойида икки марта (менимча) ўзбек фильмларининг дубляжи эфирга узатилиётганидан дўппини осмонга отиш керак!
Ответить 
2 "+" от:
Старый 03.11.2014 15:06   #653  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Maestro Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Аввал ҳам айтганман, ҳозир ҳам айтаман: яхшими ёки ёмонми, савияси баландми ёки пастми, сценарийси зўрми ёки сустми, ижроси аъломи ёки ҳаминқадарми - барибир сувратга олавериш керак! Бозор иқтисодиёти шароитида томошабин пичоққа илинадиганини ўзи ажратиб олаверади. "Мир" телеканалида ўлдим деганда ойида икки марта (менимча) ўзбек фильмларининг дубляжи эфирга узатилиётганидан дўппини осмонга отиш керак!
Оффтоп:
Бу кетишда Боливуддан ҳам ўтиб кетамиз
Ответить 
2 "+" от:
Старый 25.11.2014 10:13   #654  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Bolivvuddagilarni qiziqtirgan "Kechikkan hayot"

Dehli shahrida Hindiston fuqarolik kinoforumi, Hindiston kinoklublari federatsiyasi, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy “Do‘stlik” kinofestivalining beshinchi anjumani o’z ishini boshladi.

Dehlida akkreditatsiyadan o‘tgan MDH mamlakatlarining elchixonalari ko‘magida tashkil etilgan ushbu tadbirning ochilish marosimida Hindistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar doiralari vakillari, diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari, kinomuxlislar va jurnalistlar hozir bo‘ldi.

Anjumanda bunday san’at forumlari jahon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash hamda o‘zaro ishonchni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Festivalda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan, bir necha xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan “Kechikkan hayot” filmi (ssenariy muallifi Yolqin To‘ychiyev, rejissor Ayub Shahobiddinov) namoyish etildi.

Turmushning inson oldiga qo‘yadigan vazifalari, orzu va niyatlarning ushalishi yo‘lidagi mehnat, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashning muhimligi o‘ziga xos, yangicha va qiziqarli tarzda, ajoyib obrazlar vositasida ifoda etilgan mazkur asar hindistonlik kino muxlislari va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Xususan, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati prezidenti Vimal Mehtaning fikricha, “Kechikkan hayot” filmi O‘zbekistonda ijod qilayotgan yosh rejissor va aktyorlar, ularning mahoratlari, o‘zbek kino maktabining bugungi darajasi va erishayotgan yutuqlari haqida atroflicha tasavvur beradi.

Beshinchi “Do‘stlik” kinofestivali shu yilning 2014-yil 22-noyabriga qadar davom etdi.

Ответить 
Старый 15.01.2015 06:44   #655  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ответить 
"+" от:
Старый 13.03.2015 14:11   #656  
Pre Open ID Group
Аватар для Shuhrat Rizayev
Оффлайн
"Жаҳон адабиёти" журнали
бош муҳаррир
Сообщений: 60
+ 44  113/50
– 0  0/0

Uzbekistan
“Qora tanli bojalar” filmiga tanqid: “Yurakka dard yetmay…” (Og‘riqlarim…)

“Qora tanli bojalar” filmiga tanqid: “Yurakka dard yetmay…” (Og‘riqlarim…)
Unda-bunda azbaroyi mutaassirlikdan yozib-chizib qo‘yadigan taassurotlar daftarim bor. Goh-gohi shu daftarni varaqlab, bitiklarni qayta o‘qib turaman. Bular nafaqat hissiyotlarim, munosabatlarim, ayni chog‘da faktlar, ma’lumotlar, qiziqroq ko‘chirmalar, hikmatbob she’rlar – g‘azallar…
O‘tgan 2014-yil “Jahon adabiyoti” jurnalining aprel sonini Gruziya adabiyoti va san’atiga bag‘ishlagan ekanmiz. Ana shu sonning “Unutilmas siymolar” ruknidagi “Sergo Zakariadze”, “Tengiz Abuladze” degan maqolalardan quyidagi faktlarni daftarimga ko‘chirib qo‘ygan ekanman: “Sergo Zakariadze teatrda 14 ta, kinoda 16 ta rol – obraz yaratgan. Teatrda “Shoh Edip”ni 5 yil o‘ynagan. So‘ng qaytib sahnaga chiqmagan. 1909-yil tug‘ilgan. 62 yoshida vafot etgan. Gruziyada “Soldat otasi” filmi qahramoniga haykal qo‘yilgan”. Yoki “Tengiz Abuladze bor-yo‘g‘i 7 ta film suratga olgan. Rezo Chxeidze bilan birga ishlagan “Magdana…” qisqa metrajli filmi 1956-yili Kannda “eng yaxshi qisqa metrajli film” nominasiyasida g‘olib bo‘lgan. Filmlari “Begona farzandlar” (1958), “Men, buvim, Iliko va Illorion” (1963), “Iltijo” (1967), “Sevgilim uchun marjon” (1973), “Orzu daraxti” (1977), “Tazarru” (1984). 1987 yili “Tazarru” filmi uchun Kann festivali Gran-prisiga sazovor bo‘lgan. 1924-yili Kutaisida tug‘ilgan. 72 yoshda vafot etgan”.
Mana kamina qayd etib qo‘ygan faktlar. Ha, bu yozuvlar davomida yana bir parcha qog‘oz tirkab qo‘ygan ekanman. Ikki tomonida yozuvlar… “Buyuk Abdulla Qodiriy ta’biri bilan aytganda, “o‘zbek bolasi ko‘prikning narigi tomoniga o‘ta bilmas ekan”, ya’ni maishiy biqiqlikdan tafakkur yolqinlangan yuksaklikka ko‘tarilishga intilmas ekan, bizning odam bo‘lishimizga ahli tamizning ko‘zi yetmasligi aniq”. Parcha qog‘ozning ikkinchi tomonida esa…
Shu yil 6-fevral juma kuni sahar Buxoro safaridan qaytdim. Yozuvchilar Uyushmasi da’vati bilan safarga chiqib, bir necha qalamkash Zulfiya opaning 100 yillik tavallud sanasi munosabati bilan qadim Buxoroning shahar, qishloqlarida adabiy-ma’rifiy kechalarda qatnashib keldik. Qiziq, xuddi Zulfiya shoiraning sevgisi fasli bahor o‘laroq tabiat shu kunlar bahor nafasini hukmron etdi bori O‘zbekistonga, inchunun Buxoroga ham. Salkam 1000 kishilik Buxoro teatri zali. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2010-yil bunyod etilgan va jihozlangan eng zamonaviy san’at koshonasi. 5-fevral soat 1100da bu teatr tomosha zalidagi manzarani bir ko‘rsangiz edi. Bori tomosha zali bitta ulkan o‘zbek iroqi do‘ppisi bilan qoplangandek ajib bir ko‘rinishda. Aslida bu sochlarini jamalak qilib o‘rib olib, boshlariga bir xil do‘ppi kiyib olgan buxorolik kollej-litseylarning bir necha yuz o‘quvchi qizlarining qaldirg‘ochlar misol tizilib o‘tirganlaridan hosil bo‘lgan manzara – ulkan va go‘zal izdihom. Ana shu manzaraga muvofiq chiroyli tadbir – adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Barcha hayajonda, Zulfiya opa aytmoqchi, “Ko‘ksingni tog‘ etgan samimiy muloqot – harorat”da. Qarang-a, millatning ulug‘lari vafotidan so‘ng ham xalqini birlashtirib, buyuk amallarga ruhlantirib turadi… O‘zbekiston uchun, o‘zing shu diyor-u millatga mansub ekaningdan faxr tuyasan… Xullas, shunday kayfiyatda Toshkentga qaytdik. Oqshom kamina bobosining ziyoratiga jujuq nabiralar chiqishdi. “O‘zingiz safar qilib keldingiz, bizniyam biror ko‘ngilochar joyga olib boring” deya turib olishdi. Teatrlarga telefon qildim – yana “Antiqa sovchilar”, “Andishali kelin”… Yo‘q, kichkintoylarga bu repertuar bo‘lmaydi, degan andishada kinoga – Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyga bora qoldik. Har qalay birmas, ikkimas, 12 ta tomosha zali bor. Birortasida bolalarbop film bordir, axir. Qarangki, hech kutmaganda premyeraga borib qolibmiz. Kinorejissor va aktyor Javlon Shodmonovning “Qora tanli bojalar” filmi ilk taqdimi ekan. Kinosaroy foyesida bir qator mutasaddi va film ijodkorlari mehmonlarni kutib olishyapti. Kaminani ham yosh kinorejissyor Javlon va akasi – prodyusser hamda ssenariyning rejissor uka bilan birgalikdagi hammuallifi Jasur Shodmonov bilan tanishtirishdi. Ochig‘i, Javlonni bir-ikki filmlarda ko‘rib yurgan bo‘lsam ham, rejissorligini bilmas ekanman. Hoynahoy bu rejissorlik debyuti bo‘lsa kerak degan xayolga bordim. Qolaversa, film nomi ham dabdurustdan g‘alati istehzo paydo qildi odamda – Qora tanli bojalar. O‘zi estradadagi “Bojalar”dan ko‘ngil ozib yurardi, endi kinodagisi nima ekan, deya ajablandim va Javlonga savol berdim: “Nechta film suratga olding?” Javob: “Bu yo 16-si yoki 17-filmim”. “Iya, zo‘rsan-ku, yoshing nechaga bordi o‘zi?”. Javob: “31 ga kirdim”…
Ответить 
2 "+" от:
Старый 13.03.2015 14:11   #657  
Pre Open ID Group
Аватар для Shuhrat Rizayev
Оффлайн
"Жаҳон адабиёти" журнали
бош муҳаррир
Сообщений: 60
+ 44  113/50
– 0  0/0

Uzbekistan
Yo tavba!..

31 yoshda 16 yo 17 ta kino olish va hatto ko‘pligidan sonini ham aniq aytolmasligi istehzoga ko‘milgan hayronligimni chandon oshirib, nevaralarni yetaklagancha tomosha zalidan tezroq joy egallashga oshiqdim. Zal to‘la. Qariyb 2000 tomoshabin, asosan yosh-yalang. Soat 1800 dan biroz o‘tib, konsert boshlandi. Ha, hayron bo‘lmang, hozir shunaqa – premyeralar oldidan “kino va estrada yulduzlari”dan bir chimdim qo‘shiq tinglanadi. Betinim qarsak so‘rab, “Sizlarni ko‘rishdan baxtiyorlikdan xursandmiz” deya yoshgina notanish boshlovchi yigit “estradamizning yorqin yulduzi, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Ziyodani sahnaga taklif etdi. Baraka topgur Ziyodaxon poshnasi bir yarim qarichlik “shpilka”da go‘yo baland plankadan sakrashga chog‘lanayotgan sportchilardek notabiiy tamanno bilan sahnaga chiqib keldilar. Ochig‘i, shu qizchani maqtab, bir-ikki joyda gapirganim bor. “Ey muhabbat”, “Sayding qo‘yaber sayyod” kabi necha avlod o‘zbek shinavandalari qalbidan joy olgan qo‘shiqlarni o‘z zamonaviy interpritatsiyasida chiroyli ijro qilib, “e, bor ekan-ku tinglovchilarining faqat qulog‘idan emas, qalbidan joy olishni istayotgan yoshlar” deya alqab, qizaloqqa hurmatimni g‘oyibona izhor etib yurgandim. Hech kutmaganda kinosaroyi sahnasida olamni buzadigan “fanera”da almoyi-aljoyi so‘zlar, g‘alat bir ohang va tamannoli qiliqlar bilan zalga irg‘itila boshlandi: “Shum bola, shum bola, bom-bom, o‘yna, kuyla…” tushunib-tushunmay anglaganim shu so‘zlar bo‘ldi boshqasini tushunolmadim. Biror o‘n martalar shu naqorat takrorlangach, davomiga “mashhuri zamon” – “Bojalar” guruhi va bu ko‘plik ma’nosini anglatuvchi tushunchaning yakka-yu yagona vakili odatdagidek masxarabozligini avji a’losida namoyish etib, sahnaga chiqib keldi. Va tabiiyki, “qani qarsaklar”dan so‘z boshladi. Bu iborani butun “qo‘shiq” davomi 5-6 marta takrorlagan holda, qayta-qayta “Jamshid, Jamshid” deya zorlanaverdi. Bilmadim, o‘ta qirriq bo‘lib ketgan chapani qimorbozlar “Yo, Jamshid!” deya oshiq tashlardi. Bu bola shuni aytyaptimi desam, qo‘shiq tingach obyekt ma’lum bo‘ldi. Bu tomosha zali oxiridan birinchi o‘rinda o‘tirgan bir yigit – yo qo‘shiqchining o‘rtog‘i, yo o‘g‘li, yo prodyuseri, yo shubhali “allakimi”, xullas, qandaydir bir… “kimsa”si ekan. Yana zaldan qarsak tilanchiligida bu yigitcha ham sahnadan tushib ketar, desak, yo‘q, mikrofonni birov olib qo‘ysa, bor “san’ati” chippakka chiqib, rasvoyi jahon bo‘lishidan cho‘chigandek, ikki qo‘llab mustahkam tutib, film ijodkorlarini kutib oldi va ular qatorida asosiy rollardan birining ijrochisi sifatida “g‘oz turib” berdi.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 13.03.2015 14:12   #658  
Pre Open ID Group
Аватар для Shuhrat Rizayev
Оффлайн
"Жаҳон адабиёти" журнали
бош муҳаррир
Сообщений: 60
+ 44  113/50
– 0  0/0

Uzbekistan
Alqissa, endi so‘zni…

Keling, yaxshisi so‘zni yana cho‘zmay, bori “kinoijodkorlari” tanishtirilgach, film namoyishi boshlanganidan boshlaylik.
Bir ayol ko‘chada, bir uy oldida ikki bolasini yetaklab, erining “to‘xta, hoy”lashiga qaramay, “ketaman”lab turgan manzara. Bir-ikki daqiqadan so‘ng kamera keyingi kadrga ko‘chadi. Bu yerda ham bir darvoza oldida yoshgina kelinchak jajji bolachasini qo‘lidan tutib, “ketaman”lab turibdi. Jikkakkina chilton er bir turlik jestu mimikalar bilan unga “qol” deya iltijolar qilmoqda. Kelinchakning “biror marta gul sovg‘a qilmagansiz” degan ta’nalariga javoban, merovsirab, to‘ydan oldin uchrashuvga chiqqanda sovg‘a qilganini eslatib turganida, ittifoqo qo‘shnisi e yo‘q, be yo‘q, o‘zi ham tushunmayotgan sabab bilan gul ko‘tarib kelayotgan joyida nochor turgan er yugurib borib qo‘shnidan gulni tortib oladi-yu, xotiniga keltirib tutadi. Qarangki, qo‘shnidan tortib olayotganda guldastasi bog‘langan poyasidan cho‘rt sinib ketib, to‘g‘rilab-tekislab kelinchakka tutganida yana pastga osilib tushadi. Nimadir shahvoniy holatga betamizlarcha ishora berib go‘yoki, zalda ahmoqona qiyqiriq uyg‘otish ilinjida suratga olingan shu lavhadanoq bu filmning nomlanishidan boshlab to oxirigacha faqat va faqat bemantiq, bachkana, noravo qiliqlar bilan tomoshabinni qitiqlab, terisini hamda cho‘ntagini shilar darajaga yetkazish maqsadi ko‘zlanganini har qanday tomoshabin anglab yetadi. Shu ilk lavhadan keyingi voqealar, vaziyatlar, holatlar, ijrochi aktyor va aktrisalar – bari-barchasi, hech bir istisnosiz, bachkanalik, betamiz qiliqlar, noravo xatti-harakatlarning yaxlit yig‘indisi. Xotinlari ketib qolgan ikki boja bolalarini uyga qaytarish uchun yuzlariga qora moy surtib olib, “habash”ga aylanib go‘yo, xayoliga kelgan ne bema’nilik bo‘lsa, birortasidan qaytmaydilar. O‘n oltinchi yo o‘n ettinchi filmini suratga olayotgan va ayni filmda kichik boja rolini ham o‘ynayotgan sho‘rlik rejissor ayni vaziyatda kim yo nima ekanini tushunavermay, katta boja rolidagi Muhammadiso Abulxayirovning xayol ko‘chasiga kelgan barcha noma’qulchiliklarning shunchaki kuzatuvchisi, tomoshabini, suratga oluvchisi va, albatta, moddiy ta’minotchisimi o‘zi degan shubha uyg‘onadi, kishida. M.Abulxayirovning o‘zbek kinosidagi “salb” yurishlarining guvohi sifatida ishonch bilan aytamanki, bu rosmana hashar film. Nafaqat Muhammadiso, filmda “miriqib obraz yaratgan” O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova, “Bojalar” guruhi yagonasi Jahongir Foziljonov, xullas, hammadan bir shingil-bir shingildan nimadir topilib, to‘qilib, qo‘shilib, bir qozonda qaynagan bo‘tqa. Agarki, shu “bo‘tqa”ning “kimyoviy tarkibi”ni aniqlab, butun filmni tahlil qilib beraman deya bel bog‘lagan odam topilsa, kamida o‘z insonlik a’molini hurmat qilmaydigan yoki, yanada aniqrog‘i, sira tushunmaydigan bir kimsa bo‘ladi xolos. Binobarin, kamina bunday malomatni zimmamga olmoqchi emasman, aslo. Faqat ruslar “za derjavu obidna” deganidek, ming-minglab yurtdoshlarimni o‘zim kabi bu har qanday mantiqdan yiroq “ma’naviy o‘lat”ni boixtiyor yoki beixtiyor tomosha qilib, asab torlari o‘ynashidan, yuragi siqilib “nima qilyapti bular o‘zi?”, “kim bu betamizlikka javob beradi?” degan savollar iskanjasida azoblanishidan xavotirdaman…
Hay, bunisiga ham bir amallab chidasa bo‘lar. Ammo men bilan kelgan jujuq-nabiralar, bu filmni tasodifmi yo boshqa sabab ko‘rishi mumkin bo‘lgan yana ming-minglab bolachalar ahvoli ne kechadi? Men-ku “Doda, shuyam kinomi?” deya qiynoq savollarga tutgan nabiralarimga “Yo‘q, bu kino emas, kino qanday bo‘lmasligi kerakligi haqida bir amaliy misol” deb, obdon yaxshi kino va, umuman, san’at, kino san’ati, nafs balosi insonni ne ko‘ylarga solishi mumkinligi, ma’naviy o‘latdan emlanish uchun qanday san’atga oshino bo‘lmoq lozimligidan so‘ylab, sara filmlardan namunalar ko‘rsatib, ikkilanib qolgan nigoh-u tasavvurlarni to‘g‘ri yo‘naltirish choralarini izlarman-a. Biroq bunga fursati, imkoni yo‘q ota-onalar, buva-buvilar nima qiladi? Ular televideniyeda tinimsiz ketayotgan jimjimador reklama ta’sirida bilib-bilmay o‘spirin o‘g‘il-qiz, nabiralar qo‘liga kerak mablag‘ni tutqazib, vaqtingni mazmunli o‘tkazgin, deb yo‘lga solib yuborishsa, oxir-oqibat o‘zlari, oila, jamiyat kelajagi uchun ezgu-oqibat, qutlug‘ amallar ko‘rsatish o‘rniga, ruhiy falaj avlod-davomchilar tayyorlab qo‘yayotganlaridan ogoh bo‘la bilarmikanlar? Yoki shunday “kino”larda “tarbiyalangan” zurriyodlarni vaqti yetib qachon, qayerda bu holga tushib qolganlarini tushunolmay lol-u hayron qolisharmikan?!
Yana bori dard-xavotirlarimni qo‘shib ming taassuf bilan juda uzoq yozishim mumkin. Chunki erkinlik, demokratiya degan ne’matning qanchalar tanqis bo‘lganini, qanchalar intiq kutilganini mana shu Istiqlol davrida betashvish, bemalol “chappar urayotgan” “rejissor” yigitchadan besh-o‘n ko‘ylakni ortiq yirtganlar juda yaxshi bilishadi, qalbidan o‘tkazishadi. O‘zi shundoq ham yurtimiz kamolini emas, zavolini istab turgan g‘ayrikuchlar, hasadgo‘ylar chekka-chekkada payt poylab turganda nega bunchalar sodda, bunchalar go‘l bo‘lmasak?! Xalqni jipslashtirib, tunini bedor tongga ulayotgan mamlakatimiz rahnamosining qanotida yuksak ma’naviyat namoyish etib, uning yengilmas kuchga aylanishi niyatida dovon oshib borayotgan millat, xalqmiz-ku axir! Ma’naviyatdagi biror kemtiklik hech qachon izsiz ketmaydi. Birda bo‘lsa maylidir-a, mingga, tumanga yoyilsa, ya’ni u kino va teleekranlardan reklama qilinib, ko‘rsatib, targ‘ib etib turilsa, bu kemtiklik endi kasallikka, epidemiyaga aylanib ketishi hech gap emas. Alhazar… Xudo asrasin! Vaqtida etakni yopmoq kerak, degan ota ajdod o‘gitlarini hamisha yodda tutmoq, amalda joriy qilmoq lozim…
Mana, ne o‘ylarga yetaklab ketdi birgina tomosha. Kimgadir qattiq tegsa, ma’zur tutar ukalar, akalar, do‘st-u yorlar. Ammo safro g‘olib kelsa, chidash mushkul ekan. Zero, Qodiriy bobomiz yozganlaridek
Fununi tibda majnundir kishining kuysa safrosi.
Yaratganning o‘zi asrasin, bunchalar ahvolga tushmoqdan. Faqat yolg‘iz o‘tinch bori san’at ahligaki
Jafosin chekmasa bo‘lmas muyassar senga jononing,
Yurakka dard yetmay ta’sir etmas ohu afg‘oning.
Ko‘ngul, sabr aylagil, betoqat o‘lma hajr shomiga,
Zulumot ichra kirmay topmag‘aysan obi hayvoning!
Ha, aytmoqchi, tasodifan qo‘lga ilingan qog‘oz parchasining orqa betidagi ko‘chirma Jahonotin Uvaysiy momomizning mazkur baytlari ekan…
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 14.03.2015 02:47   #659  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Shuhrat Rizayev Посмотреть сообщение
“Qora tanli bojalar” filmiga tanqid:
Буни ким жойлаштирган форумга? Айнан муаллифнинг ўзларими ёки уларнинг номларидан Нигорахонимми? Шунга қараб фикр билдиришим керак деб ўйлайман.
Ответить 
Старый 14.03.2015 04:06   #660  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Оддий ўқувчи сифатида шахсий фикрим: мақола оддийгина "очередное возмущение"... Қуруқ "нималар бўлаяпти?" қабилидаги "стержень" дан бошқа гап йўқ... Чайналавериб сийқаси чиқиб кетган мавзу!

Эҳ, қани кўчадаги оддий гапдан бир поғона юқорироқ фикрлайдиган забардаст журналистлар ... Қани кучли тахлилчилар...
Мақоладигилар оддий гапкларку?!
Кимга кераги бор буни?! Познер гапи билан айтганда (гарчи менга ўзи ёқмаса ҳам): "все знают что нужно сделать, но никто не знает как это сделать".
Мақолада на бирор жўяли таклиф бор, на бирор мулоҳаза қиладиган фикр...

Ҳоҳласангиз, журналист бўлмасамда, юзта кинофильмни тақдимоти-ю сценарийси, актёрлари-ю соудтрекларигача оммабоп қилиб тахлил қилиб беришим мумкин... ("пипл схавает") Лекин, бундан кимга не наф? Менга не наф, ўқинганларга не наф, танқидга олинганларга не наф?

Мақоланинг ҳар битта "условный пункт" и бўйича эътироз қилишим мумкин эди, лекин маъқул бўлади деб топмадим...

Ҳеҳ, режиссер 31 ёшга кирган бўлса нима қилибди? 50 кириб, кейин кино олиши керакмиди? Типа "хаётни кўриб, аччиқ-чучукни тушуниб"?... Стивен Спилберг биринчи короткометражний фильмини 12 ёшда, Квентин Торонтино 24 ёшда, Джеймс Камерон 27 ёшда (30 ёшда - Терминатор) олган... Майк Тайсон 19 ёшида жахон чемпиони бўлган если что..
Майлида, ўз фильмларининг сон саноғига етолмаса ҳам ўзича, бир кун биттаси "отиб" қолар? "Ўйин", "Ватан", "Йиғламагин", "Ўртоқ Бойкенжаев" фильмларига ўхшаб? Яна қайтариб айтаман: энг осон нарса бировга айб қўйиш... Кимдир нимагадир ҳаракат қилаяптими, тем более ўз маблағларини тикиб (пан ёки профан)... Зое ҳаракатларини қўш қуллаб қувватлаш керак...
Ну, на крайняк, ана ўзингиз фильм олинг кўнглиздагидек, биздек омилар кўриб ҳайрон ва лол бўлиб қолсин!
Ответить 
"+" от:
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх