Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi?
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. 9 8.26%
Ba'zan-ba'zan borib turaman. 64 58.72%
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. 21 19.27%
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. 15 13.76%
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 12.05.2015 15:55   #571  
Offline ID uParty Member
Аватар для Naim Karimov
Оффлайн
благотворительный фонд памяти жертвам репрессий
ведущий научный сотрудник, профессор, доктор филологических наук
Сообщений: 112
+ 41  402/111
– 0  0/0

Uzbekistan
Kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tarixidan shu narsa ma’lumki, haqiqat bilan nohaqlik, adolat bilan adolatsizlik o‘rtasidagi kurashda haqiqat va adolat hamisha ham tantana qozonavermaydi. Hozir ham muayyan bir davralarda Sanjarovlarning Komilovlar ustidan g‘olib kelishlari hech gap emas. Shuning uchun “Imon” spektaklida rejissyor ham, aktyor ham Sanjarov-Abduqunduzovning “o‘z” falsafasining to‘g‘riligiga bo‘lgan ishonch olovini pasaytirmasligi maqsadga muvofiq. Aks holda yana sotsrealizmning siyqalgan relslariga tushib qolish mumkin.
Spektaklda to‘qqiz personaj qatnashganiga qaramay, asosiy voqealar markaziga Komilov bilan Sanjarovdan tashqari, Komilovning o‘g‘li, ammo Sanjarovning shogirdi Orif ham tortiladi. Hayot mashaqqatlari va zavqini faqat ilm-fanda ko‘rgan Yo‘ldosh Komilov o‘g‘lining keyingi tarbiyasi Sanjarovning — ilmga boylik orttirish vositasi deb qaragan kishining qo‘liga topshirilganini ko‘ra-bila turib, na o‘g‘lining hayot tarzi bilan qiziqadi, na nomzodlik dissertatsiyasi bilan. Axir u safdoshi professor Yusupovning qanday ilmiy muammolar bilan shug‘ullanganini bilgan bo‘lishi kerak-ku!.. Hamma gap shundaki, Komilov singari o‘z hayotini ilmga yoki boshqa bir sohaga to‘la-to‘kis bag‘ishlagan ayrim kishilar farzandlarining keyingi tarbiyasi bilan qiziqmay qo‘yadilar. Natijada farzandlar otalar tarbiyasidan uzilib, boshqa “tarbiyachilar”ning ta’sir doirasiga tushib qoladilar. Bu achinarli hol: ota farzand oldidagi burchini to‘la bajara olmadi. Orifning qing‘ir yo‘lga kirganini ko‘rgan Komilov — Sa’diev hayotining shu davrini eslab, o‘kinadi, nafaqat farzandi, balki o‘zi ham gunohkor ekanidan iztirob chekadi.
Izzat Sulton pesani yozishdan avval Fanlar akademiyasining Kimyo institutiga borib, Sobir Yunusov, Malik Nabiev singari atoqli olimlar bilan suhbatlashib, Chirchiqdagi kimyo kombinati ishchilari hayotini o‘rganib, o‘zbek kimyogarlari erishgan yutuqlar haqida tasavvur hosil qilgan. Hayotini mamlakatimizda kimyo fanining kamol topishiga bag‘ishlagan olimlar uning Komilov obrazini yaratishida prototiplar bo‘lib xizmat qilgan. Ammo u shu davrda muhim va dolzarb hisoblangan “ishlab chiqarish mavzu”idagi asarni emas, balki hatto “imon” so‘zidan ham hurka boshlagan jamiyat uchun ma’naviyat muammolariga bag‘ishlangan asarni yozishni ma’qul ko‘rdi. Buning sabablaridan biri shundaki, o‘sha davrda odamlarda molparastlik, hashamparastlik mayllari kuchaygan; odamlar xorijdan keltirilgan “stenka”larga o‘zlari o‘qimaydigan, ammo muqovasi xushsurat bo‘lgan kitoblarni “ko‘z-ko‘z” qilib qo‘yadigan bo‘lgan edilar. Gazetalar buyumparastlik odamlarni ma’naviy va ruhiy qashshoqlikka olib kelishi mumkinligi haqida bong urgan yillar edi.
“Imon” shunday tarixiy-ijtimoiy va ma’naviy muhit qaror topa boshlagan davrda yaratildi. Asar boshlarida ulkan qandil detaliga e’tibor qaratilganining sababi ham shunda.
Spektakl markazida, yuqorida aytilganidek, Komilov bilan Sanjarovning bahsi turadi. Sanjarov nazarida, har bir odamning ichida nahang yashaydi. “Ha, men nahangman! — deydi u Komilovga. — Har bir odamning ichida nahang bor. Har kim hayotdan qonib lazzatlanish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Sen o‘zing ham hayotning gashtini surmayapsanmi? Mana, o‘zing ham mana shunday koshona qurib olibsan-ku?” Komilov uning bu so‘zlariga javoban “koshona”ni halol mehnati evaziga qurganini aytadi. Shundan so‘ng Sanjarov hayotiy falsafasining to‘g‘riligini tasdiqlash uchun deydi: “Agar o‘g‘lingning ichida nahang bo‘lmasa edi, u mening shogirdim bo‘lmas edi”. Bu, kuchli argument. Komilov bu so‘zlarni rad etishga ojiz. U faqat: “Men bu nahangni quritaman... Bu bizning imonimiz”, deya oladi, xolos. Dramaturg shu bahsda Sanjarovning tantana qilayotganini sezadi va uning “yorilishi”ga imkon beradi: “Imon! Imon! Shu imoning bilan sen bugun hatto o‘z o‘g‘lingning qo‘lidan birovning qo‘lyozmasini olishga ham qodir bo‘lmay turibsan-ku?” Sanjarovning bu so‘zlari Komilovga, uning falsafasiga berilgan yana bir kuchli zarbadir.
Rejissyor har ikkala rolning ijrochilari bilan birga shu mizansahna ustida ko‘p ishladi. Va shu mizansahnada g‘oyaviy va badiiy jihatdan yetuk spektaklning tug‘ilgani oydek ravshan bo‘ldi.
Afsuski, ayrim personajlar spektakl boshlanishida muayyan badiiy vazifani bajargan bo‘lishsa-da, keyin, dramaturgik materialning yo‘qligi tufayli, ular xarakteri rivojlanmay qolgan.
Maqola so‘ngida yana bir narsani aytishni joiz deb bilaman. Teatrga kelgan har bir pesa, rejissyor va artistlar ko‘magida pishib, yetilib sahna yuzini ko‘radi. Bundan bir necha yil avval yozilgan, mualliflari o‘tib ketgan asarlar qayta sahnalashtirilganda, rejissyor va adabiy emakdosh shu asarga yangi tarixiy davr ko‘zi bilan yondashib, ba’zi bir sahna, monolog yoki dialoglarni qisqartiradi. Bu hamma zamonlarda, hamma teatrlarda qo‘llanadigan ijodiy ish usuli.
Ammo bu masalaga ijodkorlarimiz ehtiyotkorlik bilan yondashganliklari ma’qul.
“Imon”ning 1960 yildagi premerasi ko‘tarinki ruhda o‘tganidan keyin Izzat Sulton yon daftariga quyidagi so‘zlarni yozib qo‘ygan ekan: “Tomoshabin hayotdan dastavval yorqin hodisalar va ibrat bo‘larlik xarakterlarning ko‘rsatilishini intizorlik bilan kutadi va shu yo‘ldagi kichkina muvaffaqiyatni ham katta quvonch bilan qarshi oladi. Ijobiy qahramonni izchil ijobiy, yuksak taqlid namunasi qilib tasvirlashdan hayiqmaslik kerak”.
Bu, teatrni ibrat maktabi deb bilgan olimning dil so‘zlari.
__________________
Хабар форум фойдаланувчиси номидан булим муҳаррири томонидан жойлаштирилмоқда. Бу хақида батафсилроқ.
Сообщение опубликовано от имени пользователя модератором раздела. Подробнее об этом.
Ответить 
Старый 05.09.2015 12:19   #572  
Аватар для Sparc
Оффлайн
Сообщений: 1,096
+ 1,249  922/478
– 100  32/25

Uzbekistan
Ответить 
Старый 09.09.2015 17:01   #573  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Nemis tilida so‘zlashuvchi havaskor teatr guruhlarining 8-teatr festivali

2015- yil 12-13 sentabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar teatri sahnasida nemis tilida so‘zlashuvchi o‘zbekistonlik havaskor teatr guruhlarining an’anaviy teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu festival doirasida Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi „Wiedergeburt“ nemis madaniyati markazlarining havaskor teatr guruhlari so‘nggi bir yil davomida o‘zlashtirgan asarlarni sahnada namoyish etishadi. Teatr festivali arafasida ushbu guruhlar germaniyalik teatrshunos-pedagog Yoaxim Byurkert (Joachim Bürkert) ishtirokidagi seminar-mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Festivalni o'z qishlog'iga noma'lum uchar jism qo'nganligi haqida Sotvoldi hikoya qiladigan mashhur „Abdullajon“ filmiga asoslangan sahna asari ijrosi bilan farg'onalik havaskor teatr guruhi boshlab beradi. Buxoro vakillari esa uylanish uchun malika qidirayotgan kambag'al shahzoda haqida hikoya qiluvchi „Cho'chqaboqar“ nomli asar bilan sahnaga chiqishadi.
Festivalning ikkinchi kuni toshkentlik ijrochilarning yaqindagina o'z turmush o'rtoqlarini qabrga qo'ygan ikki nafar ayolning chigal taqdiri haqida hikoya qiluvchi „Bevalar“ nomli asari bilan boshlanadi. Samarqand shahri vakillari namoyish etadigan „O'z ichimizda“ nomli asarda esa nemis jamiyatida chet elliklarga nisbatan munosabatlarning turfa xilligi tilga olinadi.
Barcha asarlar nemis tilida ijro etiladi.
Ushbu tadbir avvalambor Toshkent shahridagi maktab, litsey, kollej va oliygohlarning nemis tilini yaxshi biladigan o‘quvchi va talabalariga mo‘ljallangan. Festival 12 sentabr kuni soat 17.00 da va 13 sentabr kuni soat 16.00 da boshlanadi. Spektakllarga kirish bepul.
Ответить 
"+" от:
Старый 21.09.2015 11:37   #574  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Жойлари жаннатда бўлсин. Беғубор актёр эдилар. Суҳбатларимиздан бирида, "Навоийни ўйнаш орзуим эди, шу орзуйим театрга етаклаган. АФсус ўйнай олмадим...",- деган эдилар.
Обид Юнусовнинг "Парвона"даги Ўткурий, "Келинлар қўзғалони"даги Асқар, "Қора камар"даги Қорахўжа эшон образлари ҳануз киши ёдидан кетмайди.
Дубляждаги овозлари ҳануз жаранглаб туради. Ҳазин, маҳзун, самимий овозлар.
Оила аъзоларига ҳамдардлик билдирамиз.


Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 27.09.2015 14:27   #575  
Аватар для Oskar
Оффлайн
Сообщений: 139
+ 35  63/35
– 0  1/1

Uzbekistan
Уважаемая Нигора! Вы раньше выкладывали здесь репертуар Национального театра. Нет ли у вас октябрьского? Или, может, Вы знаете сайт, где публикуют репертуар узбекоязычных театров? На kun.uz нашел афишу, но там только на неделю и только театр им. Хамзы.
__________________
Не закрывай рот тому, кто открывает тебе глаза.
Ответить 
Старый 28.09.2015 10:55   #576  
Аватар для Биллур
Оффлайн
Сообщений: 451
+ 1,525  573/266
– 3  7/6

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Жойлари жаннатда бўлсин. Беғубор актёр эдилар
Oxiratlari obod bo'lsin, qabrlari nurga to'lsin ilohim. Qolganlarini salomat qilsin.
Oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz.
__________________
Ҳар қандай мушкулликда ҳам нажот тўғриликдадир.
Ответить 
Старый 28.09.2015 10:56   #577  
Аватар для Sparc
Оффлайн
Сообщений: 1,096
+ 1,249  922/478
– 100  32/25

Uzbekistan
Репертуар театров можете посмотреть на afisha.uz, но там в основном русскоязычные театры представлены.
Ответить 
Старый 28.09.2015 20:27   #578  
Аватар для Oskar
Оффлайн
Сообщений: 139
+ 35  63/35
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
Репертуар театров можете посмотреть на afisha.uz, но там в основном русскоязычные театры представлены.
В том-то и дело, что на Афише только русскоязычные и есть. А узбекоязычные ни на одном сайте почему-то не выкладывают. Непонятно, почему сложилась такая странная ситуация. Неужели эти театры не заинтересованы в оповещении широкой публики...
Кстати, у театра Хамзы есть свой сайт teatr.uz, но обновляется он очень плохо. Последний раз репертуар там выкладывали аж в марте!
__________________
Не закрывай рот тому, кто открывает тебе глаза.
Ответить 
Старый 29.09.2015 17:08   #579  
Аватар для Sparc
Оффлайн
Сообщений: 1,096
+ 1,249  922/478
– 100  32/25

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Oskar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
Репертуар театров можете посмотреть на afisha.uz, но там в основном русскоязычные театры представлены.
В том-то и дело, что на Афише только русскоязычные и есть. А узбекоязычные ни на одном сайте почему-то не выкладывают. Непонятно, почему сложилась такая странная ситуация. Неужели эти театры не заинтересованы в оповещении широкой публики...
Кстати, у театра Хамзы есть свой сайт teatr.uz, но обновляется он очень плохо. Последний раз репертуар там выкладывали аж в марте!
Да, почему то в узб.театрах сайтами вообще не занимаются то ли бюджет не позвлляет, то ли им это и не надо. Репертуар Нац.драм.театра (Хамза) на месяц можно получить в кассе театра, тоже самое с театром А.Хидоятова.
Ответить 
"+" от:
Старый 06.10.2015 15:20   #580  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Oskar Посмотреть сообщение
Уважаемая Нигора! Вы раньше выкладывали здесь репертуар Национального театра. Нет ли у вас октябрьского? Или, может, Вы знаете сайт, где публикуют репертуар узбекоязычных театров? На kun.uz нашел афишу, но там только на неделю и только театр им. Хамзы.
Репертуар Национального театра Узбекистана
Цитата:
ЎЗБЕК МИЛЛИЙ АКАДЕМИК ДРАМА ТЕАТРИНИНГ
2015 ЙИЛ ОКТЯБР ОЙИ РЕПЕРТУАР
Р Е Ж А С И

1 Пайшанба “Кўнгил” Э.Хушвақтов
2 Жума “Тонг отган тарафларда” У.Азим
3 Шанба “Андишали келинчак” Э.Хушвақтов
4 Якшанба “Заминдан олис кетма” Қ.Норқобил
5 Душанба ДАМ ОЛИШ КУНИ
6 Сешанба “Ойдин” Р.Мухаммаджонов
7 Чоршанба “Халала” Р.Н.Гунтекин
8 Пайшанба “Тақдир синовлари” Қ.Норқобил
9 Жума “Сизсиз ўтмас кунларим” Э.Хушвақтов
10 Шанба “Имон” И.Султон
11 Якшанба “Кўнгил” Э.Хушвақтов
12 Душанба ДАМ ОЛИШ КУНИ
13 Сешанба “Танхо юлдузим” Н.Аббосхон
14 Чоршанба “Имкон” Л.Махмудов
15 Пайшанба “Қирмизи олма” Э.Хушвақтов
16 Жума “Ўткан кунлар” А.Қодирий
17 Шанба “Йиғлaма қиз” Р.Мухаммаджонов
18 Якшанба “Тонг отган тарафларда” У.Азим
19 Душанба ДАМ ОЛИШ КУНИ
20 Сешанба “Омон бўлгин азизим” В.Дельмар
21 Чоршанба “Кундузсиз кечалар” У.Азим
22 Пайшанба “Омонат дунё” Т ва Д Махмудовлар
23 Жума “Ойдин” Р.Мухаммаджонов
24 Шанба “Имон” И.Султон
25 Якшанба “Андишали келинчак” Э.Хушвақтов
26 Душанба ДАМ ОЛИШ КУНИ
27 Сешанба “Заминдан олис кетма” Қ.Норқобил
28 Чоршанба “Рустам” У.ИСМОИЛОВ
29 Пайшанба “Ўзбекча рақс” Н.АББОСХОН
30 Жума “Йиғлaма қиз” Р.Мухаммаджонов
31 Шанба “Қуёшни сен уйғотасан” Қ.Норқобил

Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх