|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
14.08.2010 09:03 | #131 | |
|
Цитата:
Танқид қилишни хам билиш керакда, сен палончи-ю писмадончи андақа-мандақа ишларни қилиб юрибсан деб хаммани олдида юзига солаверса бечора ходим хам ўз малакасини қаерга сарфлашни билмай қолади, юзма-юз гаплашган холатда мана бу ерда камчиликлар бор мана бу ерини сўраб ўрганиб олинг деб йўналиш берса унда мақсадга муддао бўлади... |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
14.08.2010 23:00 | #132 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
Цитата:
Oshiq qayerda bo'lmasin faqat ishqdan gapiradi deganlaridek men ham doim bilganim shu yana hazrat Rumiydan misol keltiraman: Bir anjumanda Rumi hazratlari ma'ruza qilardilar. Mavlono Rumiyga hasad qiladigan kishi o'sha anjumanga shogirdini yuborib shunday uqtiradi: "Sen Rumiydan: "Bir anjumanda men 72 mazhab bilan birdirman degan ekansiz, shu rostmi?" deb so'raysan. Agar u "ha" deb tasdiqlasa, istalgancha uni haqorat qilgin" deydi. Shunda haligi shogird borib ustozi aytganlaridek qiladi. Mavlono, albatta: "ha" degan javobni beradilar. Shunda shogird og'ziga kelgan so'zlar bilan haqoratlay ketadi. Oxiri, charchab jim bo'lganida, bu gaplarni indamay tinglab turgan Rumiy hazratlari: "Men 72 mazhab bilan birdirman, shu jumladan sen hozir menga aytgan gaplaring bilan ham" deb javob beradilar. Shunda shogird, kelganiga, Rumiy hazratlariga aytgan haqoratlariga pushaymon bo'lib, uyatdan o'ziga joy topa olmay, anjumanni tark etadi. Bunga o'xshash rivoyatlar juda ko'p. Odatda nafsini yenga olgan inson shunday yo'l tutadi. Hozirgi kunda ham shu darajaga yetgan insonlarni, ustozlarimni ko'p ko'rganman. U qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, hamma yerda tanqid qiluvchi, odamni obro'sizlantirishni xush ko'ruvchi kimsalar topiladi. Endi ularning har biri bilan teng bo'lmaysiz-ku, to'g'rimi? Hammaning saviyasi siznikidek emas, vaziyatga qarab ish tutasiz shunda. Bu dunyoda hammaga birdek yoqish, hammani ko'nglini qoldirmay yashash judayam qiyin, bilsangiz. Kimdir sizdan rozi bo'lsa, albatta norozi bo'lganlar ham topiladi. Lekin bir narsani unutmang, mis yaltiragani bilan misligicha, tilla tuproq ostida changga belanib yotgan bo'lsayam oltinligicha qoladi. Bunday gaplar oldin ham bo'lgan, hozir ham bo'lyapti va bundan keyin ham bo'ladi. Adabiy tanqidchilarimizning asosiy vazifasi yozuvchini tanqid qilish emas, avvalo badiiy asarni to'g'ri tahlil qilib uning ma'no ko'lamiga baho berishdan iborat. Adabiy tanqidchi asar haqida nima deyishidan qati nazar u asar erishgan mavqega ko'tarila olmasligi mumkin. Bu xuddi, maydonda to'p surayotgan futbolchi bilan maydonda shovqin ko'tarayotan tomoshabinga o'xshaydi. Bu o'rinda badiiy asarni futbolchi deb qarasak, adabiy tanqidchini tomoshabin deb tushunishimiz kerak. (prof. B. K.) Agar, Xudo kimnidir aziz qilaman degan bo'lsa u qayerda bo'lishidan qati nazar aziz qilib qo'yadi, xor qilmoqchi bo'lsa xor ham qilib qo'yadi. Avvalambor inson o'zi kabi bandalarga emas, Yaratganga yoqimli bo'lishga intilmog'i kerak. Sizni nohaq tanqid ostida izza qilmoqchi bo'lgan odam ham aslida siz kabi bir ojiz banda-da.... Birovni bergan bahosi bu qat'iy hukm degani emas. Shuni unutmaslik kerak. Hamma narsani ham taroziga solib ko'rib uning faqat foydali tomonini olish kerak nazarimda..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
14.08.2010 23:26 | #133 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
Цитата:
Lekin siz bir yaxshi gap aytdingiz, ya'ni jamoat joyida yoki yuzma-yuz qolib tanbeh berish haqida. Darhaqiqat, olijanob kishilar odatda vaziyatga qarab ish tutadi. Haqqim bor deb to'g'ri kelgan joyda o'zidan ancha e'tiborli bo'lgan kishini jamoat oldida izza qilishdan tiyiladi. Alohida qolganda, dilini og'ritmay, sekin tushuntirib qo'yadi. Birpasda odamni xafa qilib noma'qul so'zlarni topib gapirish juda oson, agar sharm-hayoni yig'ishtirib qo'ysa bu ish hammaning qo'lidan keladi. Lekin kishini ko'nglini qoldirmay, uni aybu-nuqsonlarini tuzatishiga ko'maklashish bu oson ish emas.. O'z navbatida bila turib do'stingizni qusurlariga beparvo o'tib ketish ham insoniylikdan bo'lmasa kerak.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|